MAGNITLANGANLIK

MAGNITLANGANLIK — magnit maydonida joylashgan jismning magnit holatini ifodalovchi kattalik (I). U jism magnit momenti M ning jism hajmi V ga nisbatiga teng. Jismning Magnitlanganlik tashqi magnit maydon kuchlanganligiga, jismning magnit xossasiga (ferromagnetizm, diamagnetizm, paramagnetizm, magnit materiallarning jismi, shakli va b. parametrlarga) bogʻliq. Izotrop moddalarda Magnitlanganlik yoʻnalishi tashqi magnit maydon yoʻnalishidek boʻlib, anizotrop (ferromagnit monokristall) moddalarda aksinchadir.