MAGNITIK SOVITISH

MAGNITIK SOVITISH — 1 K dan past t-ralar hosil qilish; 0,3 K dan past t-ralarni olishning amalda qoʻllaniladigan ikki usulidan biri (ikkinchi usul — suyuq geliy 3Ne ni suyuq 4Ne da eritish). Paramagnit moddalarni adiabatik usulda magnitsizlantirib amalga oshiriladi (q. Adiabata). 1926-y. da P. Debay va amerikalik fizik U. Jiok taklif etgan. 1933-y. da amalga oshirilgan. Magnitik sovitishda nodir yer elementlari (mas, gadoliniy sulfat), xromkaliyli, temir-ammoniyli achchiktoshlar va b. paramagnit moddalar ishlatiladi.

Paramagnit modda kuchli maydoniga joylashtirilsa, uning atom spinlari tartibli yoʻnalib magnitlanadi. Agar shu paramagnit modda magnitsizlantirilsa, uning t-rasi pasayadi. Paramagnit tuz magnitlanganda ajralgan issiklik kameraga tuldirilgan gaz bilan suyuq geliyga oʻtkaziladi. Magnit maydonini yoʻqotishdan oldin kamera 1 dagi gaz kran orqali vakuum nasos bilan soʻrib olinadi, yaʼni paramagnit tuz suyuq geliydan ajratib qoʻyiladi. Keyin tuzning magnitsizlanishi natijasida uning t-rasi ~10~3 K gacha pasayadi.

Magnitik sovitish kurilmasining sxemasi: №va S — magnit qutblari.

Magnitik sovitishda past t-ralar (-10 2 K) magnit termometriya usullari bilan oʻlchanadi. Suyuq geliyning oʻta past t-ralardagi xossalarini (mas, oʻta oquvchanligini), qattiq jismlardagi kvant holatlarini, shuningdek, yadro fizikasining koʻpgina masalalarini oʻrganishda Magnitik sovitishdan foydalaniladi.