MAGNIT YULDUZLAR

MAGNIT YULDUZLAR — katta oʻlcham li magnit maydonlari borligi aniqlangan yulduzlar; yuzasida spektral chiziqdarning Zeyeman effekti taʼsirida ajralishiga koʻra, oʻlchangan kuchlanganligi yuzdan oʻn ming erstedgacha boʻladi. Magnit yulduzlar Gersshprung — Ressel diagrammasining bosh ketma-ketligida joylashadi hamda V, A, F va M spektral sinfga mansub. Magnit yulduzlar spektrida Si, Mn, Sr, Sg kabi kimyoviy elementlarning kuchli emission chiziqlari kuzatiladi. Bu elementlar mikdori Magnit yulduzlarda Quyosh atmosferasidagidan bir necha marta kup. Magnit yulduzlar shunday spektral sinfdagi normal yulduzlarga nisbatan oʻz oʻqi atrofida oʻrtacha uch marta sekin aylanadi. Spektral chiziqdar intensivligi va ajralish mikdori Magnit yulduzlarning uz uki atrofida aylanish davri bilan bir xil davrda oʻzgarishi aniqlangan. Shunday davr bilan Magnit yulduzlarning yorugʻligi bir necha foizga oʻzgarib turadi.

Magnit yulduzlarning magnit maydoni yulduzni hosil qilgan gazchang bulutga qarashli boʻlgan va gazchang siqilishi natijasida oʻn minglab erstedgacha kuchaygan. Ogʻir elementlar Si, Mn, Sg, va Sr M. yu. atmosferasida ruy berayotgan chaqnashlar natijasida yadro reaksiyalarida hosil buladi.