MAGNIT SIYOH

MAGNIT «SIYOH» — oddiy yozuv qogʻoziga matn va grafik chizmalarni (magnit usulda) qayd qilish hamda oʻqish uchun moʻljallangan magnitli axborot eltuvchilar (magnit lentalar, perfokartalar, perfolentalar va b.)ning bir turi. Magnit siyoh «s». karbonil temir va geptandan suspenziya (eritma) yoki mikroskopik magnit zarralar aralashtirilgan mastika tarzida tayyorlanadi. Bunday «siyoh» b-n tushirilgan yozuvni «oʻqish» oson boʻlishi uchun suspenziya yoki mastikaga rang qoʻshiladi. Magnit siyoh «s». bilan qogʻozga maxsus ruchkada, qoʻlda yoki yozuv mashinasida yozish mumkin. Magnit siyoh «s»., asosan, hujjatlar b-n ishlash (xillarga ajratish, hisobga olish, kodlash va b.) jarayonini mexanizatsiyalashtirish uchun qoʻllaniladi.