MAGNIT KUCHAYTIRGICH

MAGNIT KUCHAYTIRGICH — elektr signallarini kuchaytirish uchun moʻljallangan qurilma. Magnit kuchaytirgichda boshqariladigan elementlar ferromagnit oʻzakli induktivlik gʻaltaklari (q. Induktivlik gʻaltagi) hisoblanadi. Ularda ikki oʻzgaruvchan magnit maydon mavjud boʻladi: biri — taʼminlash manbai chastotasida, ikkinchisi — kuchaytiriladigan signal chastotasida oʻzgaradi. Magnit kuchaytirgich lampali va tranzistorli kuchaytirgichlardan keskin farq qiladi. Magnit kuchaytirgich koʻproqoʻzgarmas tok yoki sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda ishlatiladi. Kuchaytiriladigan signallar chastotalari diapazonini yuqoriroq chastotalar tomonga kengaytirish uchun Magnit kuchaytirgich lampali, yarimoʻtkazgichli, elektr mashina kuchaytirgichlari va b. bilan birgalikda qoʻllaniladi. Magnit kuchaytirgich aniq oʻlchash asboblarida yirik agregatlar (prokat stanlari, ekskavatorlar va b.) ni avtomatik boshqarish qurilmalari va b. sohalarda keng ishlatiladi.