MAGNIT INDUKSIYA

MAGNIT INDUKSIYA (magnit induksiya vektori) — magnit maydonning asosiy tavsifi boʻlgan vektor (v)ʻ, uning kattaligi va yoʻnalishi magnit maydonning unda joylashtirilgan tokli oʻtkazgichga taʼsiri bilan anikdanadi. Magnit induksiya alohida elektronlar va b. elementar zarralar hosil qilgan mikroskopik magnit maydonlar yigʻindi kuchlanganligining oʻrtacha qiymatini ifodalovchi magnit maydonning asosiy tavsifi. Magnit maydonning Magnit induksiya vektorini magnit maydon kuchlanganligi N vektori va magnitlanganlik vektori J orqali ifodalash mumkin. SGS birliklar tizimida Magnitlanganlik hajm birligining magnit momentksh ifodalaydi.