MAGNIT DIELEKTRIKLAR

MAGNIT DIELEKTRIKLAR (magnit va dielektriklar) — magnit kirituvchanligi va elektr qarshiligi yuqori boʻlgan, uyurma toklar kam yoʻqoladigan materiallar; magnit materiallarning bir turi. Bir-biridan elektr jihatdan izolyatsiya kilingan ferromagnetik zarralardan iborat boʻlib, ular dielektriklar b-n yagona massaga tutashtirilgan. Magnit jihatdan yumshoq Magnit dielektriklar ferromagnit qotishmalar (mas, nikelli temir) ning karbonil temirning kukunlariga, magnit jihatdan yumshoq ferritlarga suyuq shisha, rezina va b. moddalar kushib olinadi. Bunday Magnit dielektriklardan induktiv gʻaltak, yuqori chastotali transformatorlarning oʻzaklari tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq Magnit dielektriklar tarkibida nikel-alyuminiy poʻlatlar, bariy yoki stronsiy ferritlari, temir-kobaltli qotishmalarning kukunlariga turli dielektriklar qoʻshib olinadi. Ular kichik magnitlar, magnitli yozib olish uchun lentalar va b. ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.