MAGNIT AZIMUTI

MAGNIT AZIMUTI — magnit meridianining shim. uchidan boshlab soat mili yoʻnalishi boʻyicha berilgan yoʻnalishgacha 0° dan 360° gacha oʻlchanadigan gorizontal burchak. Erkin holda turgan kompas magnit milining oʻqi boʻyicha oʻtuvchi vertikal tekislik magnit meridiani tekisligi deyiladi. Kichik maydonlardagi amaliy ishlarda Magnit azimutidan foydalanish maqsadga muvofikdir, chunki u oddiy asboblar — magnit kompas yoki magnit bussoli bilan osongina oʻlchab topiladi.