MAGNIYLI QOTISHMALAR

MAGNIYLI QOTISHMALAR — asosini magniy tashkil qiladigan qotishmalar. Magniyli qotishmalarda 12% gacha A1, Zn, Mn, Zr, Th, Sa, Se va b. elementlar boʻladi. Sof holdagi magniyli buyumlar i. ch. da material sifatida ishlatib boʻlmaydi, chunki ularning fizik-mexanik mustahkamligi past. Eng mustaxkam va olovbardosh Magniyli qotishmalar magniy-metall tizimlari asosida ishlab chiqilgan. Qotishmaning asosini qattiq eritmalar tashkil etadi.

Dastlabki Magniyli qotishmalar 20-a. boshlarida paydo boʻlgan («Elektron» nomi bilan atalardi). 20—30-y. larga kelib sanoatda ularning ahamiyati oshdi. 40-y. largacha, asosan, Mg—Al—Zn va Mg—Mn tizimi asosidagi, 50-y. lardan boshlab esa Mg— Zn—Zr Mg — noyob metall — Zr (yoki Mn), Mg—Th tizimidagi qotishmalar, shuningdek, Mg—Li tizimidagi juda yengil qotishmalar ishlatila boshladi. Oxirgi yillarda Magniyli qotishmalar mustaqkamligini, ayniqsa, yuqori t-rada oshirish uchun oz mikdordagi Th, Nd, La, Y va b. elementlar bilan legirlanadi.

Magniyli qotishmalar quyma va deformatsiyalanadigan guruhlarga boʻlinadi. Quyma Magniyli qotishmalar shakldor quymalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Mg—Al—Zn, Mg—Zn—Zr, Mg — Nd—Zr tizimidagi Magniyli qotishmalar koʻp qoʻllanadi. Deformatsiyalanadigan Magniyli qotishmalar presslash, prokatlash, bolgʻalash va shtamplash yoʻli b-n yarim fabrikatlar i. ch. uchun ishlatiladi. Magniyli qotishmalarning xona haroratida plastikligi nisbatan oz boʻlganligi uchun ularga bosim ostida 250° haroratda ishlov beriladi. Magniyli qotishmalar suyultirilganda juda kuchli oksidlanish va yonish xususiyatiga ega. Oksidlanish va yonishdan himoyalash uchun su-yuqlanma saqlanayotgan idish flyus (mas, 75% suyuqlangan karnallit, 17,5% SaGʻ2 va 7,5% MgO) bilan yopiladi.

Magniyli qotishmalarning termik kengayish koeffitsiyenta alyuminiy qotishmalarnikidan oʻrtacha 10—15% katta.

Past t-rada Magniyli qotishmalarning elastiklik moduli, oquvchanlik va mustahkam chegarasi ortadi, nisbiy uzayishi va zarbiy krvushokligi kamayadi, plastikligi esa keskin kamayadi. Magniyli qotishmalarning kamchiligi ular chuchuk va dengiz suvi korroziyasiga chidamsizligidir. Magniyli qotishmalar organik va mineral kislotalarda (xromat va ftorid kislotalar bundan mustasno) hamda tuzlarda korroziyalanadi (yemiriladi). Xlor ionlari Magniyli qotishmalar korroziyasini suvda kuchaytiradi. Sutoltirilgan ishkrrlarda kucheiz korroziyalanadi. Magniyli qotishmalarning asosiy afzalligi — ular zichligining pastligi. Magniyli qotishmalar yaxshi bolgʻalanadi, ularni kesish, shliflash va silliklash jarayonlari yengil oʻtadi.

Magniyli qotishmalar avtomobil, traktor sanoatida (dvigatellarning kraterlari, uzatmalar qutisi, gʻildirak barabani va b. tayyorlashda), elektrotexnika, radiotexnika, optikada, toʻqimachilik sano-atida, aviatsiya, raketa texnikasida va b. koʻp tarmoqlarda ishlatiladi.