MAGNETRON

MAGNETRON [magnit va (elek) tron] — oʻta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni generatsiyalaydigan elektrovakuum asbob; elektronlar doimiy magnit va elektr maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashganda sodir boʻladi. Koʻp rezonatorli oddiy Magnetronning asosiy qismlari elektronlar chiqaradigan katod va elektrik hajmiy rezonatorlap boʻlgan anoddan iborat. Magnetronning tebranish sistemasida 8 dan 40 tagacha rezonator boʻlib, ular anod teshigi atrofida simmetrik joylashgan. Har qayyasi rezonator katod joylashgan markaziy teshik b-n tirqish orqali bogʻlangan. Rezonatorlar halqasimon tebranish sistemasini hosil qiladi. Bir yoki bir necha rezonatorni siljitib, chastota oʻzgartiriladi. Rezonator hosil qilgan oʻta yuqori chastotali elektr maydoni bilan tormozlangan elektronlar maydonga energiya berib, oʻta yukrri chastotali elektromagnit tebranishlarni kuchaytiradi. Magnetronning ish diapazoni 0,5 dan 100 Gs gacha, f. i. k. 0,8 gacha. Ish tarziga koʻra, Magnetron uzluksiz va uzlukli xillarga boʻlinadi. Uzluksiz Magnetron larning quvvati bir necha Vt dan oʻnlarcha kVt gacha, uzlukli Magnetron larniki 10 Vt dan 5 MVt gacha. Magnetron radiolakatsion styalarda, roʻzgʻorda ishlatiladigan pechlar va b. da foydalaniladi (yana q. Elektron lampa, Elektrovakuum asboblar).