MAGNETO

MAGNETO — uzgaruvchan tok magnitoelektr generatori; ichki yonuv dvigatellarida yonilgʻi aralashmasini oʻt oldirish uchun elektr uchquni hosil qilib beradi. Magnetoning ishlash tarzi past kuchlanishli elektr toki hosil qilib, uni yuqori kuchlanishli tokka aylantirishi va koʻp silindrli ichki yonuv dvigatellarida bu tokni silindrlarning ishlash tartibiga muvofiq svechalarga taqsimlashi xamda svecha elektrodlari orasida elektr razryad hosil qilishidan iborat. Magneto porshenli aviatsiya dvigatellarida, baʼzi turdagi mototsikllarda, qayiqlarning osma dvigatellari va b. da ishlatiladi. 20-a. 60-y. laridan ishlatilmaydi.