MAGNETIKLAR

MAGNETIKLAR — moddalarning magnit xususiyatlari urganilayotganda barcha moddalarga tatbiq qilinadigan va umumiy nom bilan aytiladigan, shuningdek, magnitlanish qobiliyatini izohlaydigan atama. Moddaning magnit qabulchanligi % ning qiymatiga qarab, diamagnetiklarga (% < 0, q. Diamagnetizm), paramagnetiklarga (x > 0; q. Paramagnetizm) va ferromagnetiklarga (x» 1, Q. Ferromagnetizm) boʻlinadi. Moddaning, shuningdek, antiferromagnetik (q. Antiferromagnetizm) xili ham bor.