MAGNALIY

MAGNALIY — asosiy legirlovchi element magniy (1 — 3%) boʻlgan alyuminiy krtishmalari. Yaxshi payvandlanadi, korroziyabardoshligi (zanglashga chidamliligi) va plastikligi yuqori. Magnaliy kuyma va deformatsiyalanadigan list koʻrinishida ishlab chiqariladi. Kuyma Magnaliydan (Mg — 4 — 13%) shakldor quymalar quyishda foydalaniladi. Deformatsiyalanadigan (bolgʻalanuvchan) Magnaliydan (Mg — 1 — 7%) sim va b. materiallar tayyorlanadi.