MAGISTRATLAR

MAGISTRATLAR (lot. — magistrate — boshliq) — Qad. Rimdagi davlat lavozimi. Respublika oʻrnatish davrida paydo boʻlgan (mil. av. 6-a. ning oxiri). Oliy Magistratlar (diktator, detsemvirlar, konsullar, pretorlar, senzorlar) va quyi Magistratlar (xalq tribunlari, edillar, kvestorlar va b.) larga ajratilgan. Oliy Magistratlar yuqori hokimiyatga ega boʻlishgan, ularning mulozimi boʻlgan. Qolganlari esa oʻz majburi-yatlari doirasida farmon chiqarish va jarima solish huquqiga ega boʻlishgan.