MAGISTRAL

MAGISTRAL (lot. magistalis — rahbarlik qiluvchi, bosh, asosiy) — 1) asosiy yoʻnalish, yoʻllardagi asosiy liniya (t. y. magistrali, suv magistrali); 2) elektr tarmogʻi, telegraf va telefon aloqadagi asosiy kabel, sim;

3) sugʻorish tarmogʻida suv havzasi, dare, kanallardan sugʻorilgan yerlarga suv oqadigan asosiy taqsimlash kanali;

4) kanalizatsiya, vodoprovod yoki gaz tarmogʻidagi asosiy quvur;

5) katta shaharlardagi serqatnov keng koʻcha.