MAGELLAN BULUTLARI

MAGELLAN BULUTLARI — galaktikamiz «Somon Yoʻli»ning tabiiy yoʻldoshlari; bizga eng yaqin boʻlgan qoʻshni ikkita (katta va kichik) galaktika. Ular tuzilishi boʻyicha notoʻgʻri galaktikalar sinfiga kirib, fizik qoʻshaloq sistema hisoblanadi. Osmonning Jan. yarim sharida kuzatilib, kattasining koʻrinma oʻlchami Oydan =10-marta, kichiginiki esa <= 5-marta katta. F. Magellanning okeanlar boʻylab sayohati daftarida tasvirlangan va uning nomini abadiylashtirish maqsadida shunday atalgan. Dastlab, ular Kap bulutlari deb nomlangan.