MAGDALENA

MAGDALENA — Kolumbiyadagi daryo. Uz. 1540 km, havzasining mayd. 260 ming km2. Markaziy Kordilyera togʻlaridan boshlanib, quyi qismida Karib boʻyi pasttekisligidan oqadi va Barrankilya sh. yaqinida Karib dengiziga quyiladi. Oʻrta oqimida serostona. Asosiy irmoqlari: Kauka va San-Xorxe (chapdan). Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi 8—10 ming m3/sek. Barrankilya sh. dan La-Dorada sh. gacha (800) muntazam kema qatnashsh. Magdalenaning quyi qismidan Kartaxena portigacha kanal qurilgan.