MAGARACH

MAGARACH — oʻrta kechpishar vinobop uzum navi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik in-tining Qibray tumanidagi Vinochilik filialida Takveri navi urugʻidan koʻkartirilgan oʻsimlikni Pti Bushe navi bilan chatishtirib chikarilgan (P. V. Mixaylova). Navga Ukrainaning Krim viloyati Yalta sh. da joylashgan sobiq «Magarach» Butunittifoq uzumchilik va vinochilik i. t. in-ti nomi berilgan (in-t 1941—45 y. lardagi urush davrida shu filialga evakuatsiya qilingan). Tupi kuchli usadi. Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, kertikli, ters tomoni tuksiz. Guli 2 jinsli, boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, qora. Poʻsti yupqa, eti sersuv, shirasi toʻq qizil rangda. Hosili kurtak yozishidan faol harorat yigʻindisi 2800°—2900° da 156 kunda pishib yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 140—380 s/ga. Sovuqqa chidamsiz. Oidium bilan kamdankam zararlanadi. Magarachdan oliy sifatli qizil disert vinolar tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan.