MAGAZIN

MAGAZIN — 1) oʻlchovlar M. i — maʼlum aniqlikdagi maxsus tanlangan va elektr kattaliklarning umumiy oʻlchovlar korpusiga joylashtirilgan komplekt. Qarshiliklar Magazini (izolyatsiyalangan manganin simli gʻaltak), sigʻimlar Magazini (elektr kondensatorlar), induktivlik M. i (induktivlik gʻaltaklari) keng qoʻllaniladi. Magazinni oʻlchash sxemasiga kiritib va kerakli kombinatsiyada ulab, sxemada yuqori aniklikdagi elektr kattalik rostlanadi; oʻlchovlar Magazin oʻlchash sxemalaridagi qarshilik, sigʻim va induktivlikni oʻzgartirish yoki rostlash uchun lab. va sexlarda ishlatiladi;

2) mashina, mexanizm, avtomat stanoklardagi bir xil elementlar turadigan quti. Mac, fotoapparat M. i;

3) bosmaxona shriftlari turadigan moslama (harflar Magazini);

4) avtomat qurollar (pistolet, pulemyot va b.) da patronlarni joylashtirish uchun xizmat qiladigan kuti, disk, baraban yoki moslama.