MAGADHA

MAGADHA — Qad. Hindistondagi tarixiy viloyat va davlat; hoz. Jan. Biharniyag bir qismida joylashgan. Magadhaning yuksalishi mil. av. 7-a. dan boshlangan. Mil. av. 6—5-a. larda, Bimbisara va Ajatashatru davrida Magadha qoʻshni davlatlar bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgani tufayli ancha kuchaygan. Magadha bir qancha eng muhim davlat birlashmalari, xususan, Nandlar (mil. av. 4-a.), Mauriyalar (mil. av. 4—2-a. lar) va Guptalar (mil. 4—6-a. lar) imperiyasining negizini tashkil kilgan. Magadha qad. Hindistonning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi, shuningdek, ilk buddizm va jaynizm dinlari tarqalgan hudud boʻlgan. 10-a. ga kelib «Magadha» atamasi muomaladan chiqqan.