MAVHUM TASVIR

MAVHUM TASVIR — linza, koʻzgu kabi optik buyumlar yoki ulardan tashkil topgan optik tizimdan oʻtayotgan yorugʻlik nurlarining aks yoʻnalishidagi davomining oʻzaro kesishishidan hosil boʻlgan tasvir. Mavhum tasvirni bevosita ekranda hosil qilish mumkin emas.