MAVSUMIY SHAMOLLAR

MAVSUMIY SHAMOLLAR — yil fasllarining almashinishi b-ngina oʻz yoʻnalishini qarama-qarshi tomonga oʻzgartiradigan shamol. M. sh. ning hosil boʻlishiga materik bilan okeanning turlicha isishi natijasida bosimning oʻzgarishi sabab boʻladi. Mavsumiy shamollar mussonlar oblastida yaqqol namoyon boʻladi.