MAVSUM

MAVSUM — 1) fasl, yil fasli. Mavsum iqlimiy, astronomik, fenologik belgilariga qarab ajratiladi. Iqlimiy yoki sinoptik Mavsum astronomik fasllarga toʻgʻri kelmaydi. Oʻrta mintaqada, jumladan, Oʻzbekistonda 4 M. — bahor, yoz, kuz, qish ajratiladi (q. Yil fasllari); 2) biror ish bajariladigan yoki tabiat hodisalari boʻlib oʻtadigan davr. Mas, chigit ekish, baliq ovlash, paxta terish (oʻrim-yigʻim), musson shamollari, yogʻingarchilik Mavsum lari va h. k.