MAVLUD

MAVLUD, mavlid annabiy (arab. — tugʻilish, paygʻambarning tugʻilgan kuni) — Muhammad paygʻambarning tugʻilgan kuni bilan bogʻliq bayram. Rabiulavval oyining 12kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida Mavlud kuni duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yigʻilishlari oʻtkaziladi.