MAVLONOV Gʻani Orifxonovich

MAVLONOV Gʻani Orifxonovich (1910.15.1 — Toshkent — 1988.12.3) — geolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1970). Geol. mineralogiya fanlari d-ri (1955), prof. (1957). Ikkinchi jaxrn urushi katnashchisi. Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1935). 1940—41 y. larda shu in-tda dekan, dotsent. Oʻzbekiston FA Geologiya in-tida ilmiy xodim (1946-49), lab. mudiri (1949-55) va direktor (1956—60). Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-ti direktori (1960—66). 1966-y. dan Uzbekiston FA Seysmologiya in-ti direktori.

Ilmiy ishlari les va lyossimon jinslarning genetik tiplari, muhandislik geologik xususiyatlari, fizik-mexanik xossalariga bagʻishlangan. M. Oʻrta Osiyoda tarqalgan toʻrtlamchi davr yotqiziqlarini yoshiga qarab toʻrt davrga boʻldi va ularning tarkalgan maydonlarini xaritaga tushirdi (1949). Toshkent zilzilasidan keyin seysmologiyaga oid tadqiqotlar bilan shugʻullangan. Jumladan, Toshkent sh. va shahar atrofini seysmik mikrorayonlashtirish xaritasini, 1978-y. «Oʻzbekistonni seysmik rayonlashtirish» xaritasini yangi tahrirdagi variantini tuzish ishlariga rahbarlik qilgan. Zilzilalar jarayonida yer osti suvlari va gaz tarkiblarining oʻzgarishi haqida ilmiy kashfiyot muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). Mavlonov nomiga Toshkent sh. da kucha, Seysmologiya in-ti qoʻyilgan, shu in-tda Mavlonovga bagʻishlangan muzey (1990) mavjud.

As: Toshkent zilzilasi, T., 1971.