MAVLONO ASHRAF

MAVLONO ASHRAF (15-a.) – shoir. Alisher Navoiyning zamondoshi. Xamsanavislarga ergashib, «Xamsa» yozgan. Navoiy «Xamsa» va «Majolis un-nafois» asarlarida Mavlono Ashraf ijodini ijobiy baholagan va dostonlarida originallikka intilganligini alohida taʼkidlagan. Zayniddin Vosifiy va Xondamir ham Mavlono Ashrafning badiiy qobiliyatini yuksak baholagan. Ayrim sheʼrlari bizgacha saqlangan.