MAVKAB

MAVKAB (arab.) — oʻrta asrlarda musulmon Sharqi mamlakatlarida hukmdorlarni safar, harbiy yurish chogʻida kuzatib boruvchi maxsus suvoriy qism. Odatda, Mavkabda sadoqatli amirlar, din arboblari, xos xizmatkorlar va munshiylar boʻlgan.