JOʻRAYEVLAR

JOʻRAYEVLAR — samarkandlik akauka toshtarosh ustalar:

1) Jalil Joʻrayev (1892—1977) toshtaroshlikni togʻasi Abdurayim Obidovdan oʻrgangan. Oʻrta Osiyo davlat un-ti (ishchilar f-ti)da taʼlim olgan (1923—25). Samarqanddagi «Marmar» (1927—35), «Gornyak» (1936—43) artellarida ishlagan;

2) Bolta Jurayev (1893-1973) meʼmorlikni otasi usta Joʻradan oʻrgangan. «Marmar» (1929— 35), «Gornyak» (1937—43) artellarida ishlagan. J. Samarkand, Toshkentda koʻpgina bi-nolarni bezashda qatnashgan: Toshkent t. y. vokzalining eski binosi, Toshkent kuranti, Oʻzbekiston FA Prezidiumi binosi, hoz. «Bahor» konsert zali; Navoiy teatri binosining marmar zinalari bezagi uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1948). Asarlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.