JABALPUR

JABALPUR — Hindistonning markaziy qismidagi shahar, Madhya-Pradesh shtatida, Narbada daryosi boʻyida. Aholisi 740 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik (ip-gazlama), keramika, yogʻoch-sozlik, metallsozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari bor. Yogʻoch savdo qilinadi. D. yonidan boksit olinadi. Jabalpur 19-a. ning 1-yarmida inglizlarning harbiy bazasi sifatida bunyodga kelgan.