JABRA ORQALI NAFAS OLUVCHILAR

JABRA ORQALI NAFAS OLUVCHILAR (Branchiata) — boʻgʻimoyoqlilar kenja tipi; 1 sinf — qisqichbaqasimonlarni oʻz ichiga oladi. Birlamchi suv hayvonlari, ayrim turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Odatda jabralar orqali nafas oladi. Jabra orqali nafas oluvchilar jabrasi oyoklari epipodat oʻsimtasi yoki shaklan oʻzgargan oyoqlar hisoblanadi. Juda mayda turlarida jabra boʻlmaganligi uchun tana yuzasi orqali nafas oladi. Qurukliqda yashashga moslashgan ayrim turlari (zahkashlar) da oʻziga xos traxeyalar boʻladi. Jabra orqali nafas oluvchilarning boshida 2 juft moʻylovlar — antennula va antennalar boʻladi. Shuning uchun ularni baʼzan 2 juft moʻylovlilar (Dian-tennata) deb ham ataladi.