JUFT CHATISHTIRISH

JUFT CHATISHTIRISH — otaona oʻsimlik oʻrtasida bir marta oʻtkaziladigan chatishtirish; seleksiya usuli, oddiy chatishtirishning bir xili. Juft chatishtirish yoʻli bilan olingan duragaylar populyatsiyasida yangi nusxalar paydo boʻlish jarayoni murtakka bir juft ota-onadan teng miqdorda oʻtgan irsiy materiallarning qayta juftlanishi asosida boradi. Retsiprok chatishtirish ham Juft chatishtirishning bir xili. Bu usul oʻsimliklar seleksiyasida keng qoʻllaniladi.