JUMADUQXON

JUMADUQXON (? – 1428) – Dashti Qipchoqning sharqiy qismini idora etgan qozoq xoni. Shayboniylardan. Abulxayrxon yoshligida Jumaduqxon xuzurida tarbiyalangan, lekin keyinchalik unga qarshi qurolli kurash olib borgan isyonkor amirlarga qoʻshilgan. Jumaduqxon qoʻshini jangda tor-mor qilinib, oʻzi halok boʻlgan. Uning oʻrniga taxtni Abulxayrxon egallagan. Masʼud ibn Usmon Koʻhistoniynmj yozishicha, Jumaduqxon Shaybon urugʻidan chiqqan shavkatli podshohlardan boʻlib, qoʻshin tuzilishi va davlatni boshqarish ishlarida shijoat koʻrsatgan.