JUMABOYEV

JUMABOYEV Yoʻldosh (1932.15.2, Urganch — 1998.21.3, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari d-ri (1976), prof. (1977). Xorazm davlat pedagogika in-tini tugatgan (1954). Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat in-tida kafedra mudiri (1965—78), Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida boshqarma boshligʻi (1978— 98). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo falsafiyaxloqiy fikrlar tarixi va hoz. zamon axloqshunosligiga bagʻishlangan.

As: Oʻrta Osiyo etika tarixi ocherklari, T., 1980; Oʻzbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997.