JUMA MASJID

JUMA MASJID — juma kunlari keng jamoa namoz oʻqiydigan katta macjid. Meʼmoriy tuzilishi Jome masjidga nisbatan kichik va oddiyroq. Juma masjidlar har bir shaharda bir yoki bir nechta boʻlib, ularni qurish va bezashda davrning mashhur meʼmorlari, naqqoshlari safarbar qilingan, shuning uchun ham koʻpgina Juma masjidlar xalq meʼmorligi va amaliy bezak sanʼatining namunasi sifatida muhofaza qilinadi. Oʻzbekistonda ayniqsa Xivadagi Juma macjid mashhur.