JORJIO Viktor Antonovich (1907.29.9, Shaxti, Rostov viloyati — 1974.1.1, Toshkent) — geofizik olim, geografiya fanlari d-ri (1944), prof. (1944). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (I960), Rostov untini tugatgan (1930), Shim. Kavkaz meteorologiya byurosida, Oʻrta Osiyo ob-havo byurosida (1933—35), Oʻrta Osiyo un-tida (1935—74) ishlagan. J. Oʻzbekiston FA Matematika in-tining nazariy geofizika boʻlimini tashkil etishda qatnashgan va ushbu in-t direktori (1947—1953). Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo sinoptik jarayonlari, havo massalari va frontlari, dinamik iqlimshunoslik, izentropik taxlil, aviatsiya meteorologiyasi, sinoptik jarayonlarga statistikstoxastik taxlil usulini tatbiq etishga bagʻishlangan. T. A. Sarimsoqov va V. A. Bugayevlar bilan hamkorlikda Markov zanjiri nazariyasini bu sohaga tatbiq etgan. U atmosferadagi tez havo oqimlarini tekshirish maqsadida un-tda maxsus lab. tashkil etgan (1960). Toshkent meteorologiya maktabining asoschilaridan biri.