JONDOR

JONDOR — Buxoro viloyatidagi shaharcha (1981-y. dan.) Jondor tumanining markazi. Buxoro vohasining jan.gʻarbida, qad. Zarafshon oʻzanining oʻng sohilida joylashgan. Aholisi 8,7 ming kishi (2001). Plastmassa, vino, konserva, sut, non z-dlari ishlab turibdi. «Xadan» (Oʻzbekiston-Xitoy) qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Jondordan xalqaro ahamiyatga molik Buxoro — Turkmanobod (Chorjoʻy) avtomagistrali oʻtgan. Jondor — Buxoro, Jondor —Qorakoʻl yoʻnalishlarida avtobuslar qatnaydi. Jondorda 2 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyi, internat maktabi, 2 kutubxona, jamoatchilik muzeyi, markaziy kasalxona mavjud. Jondorda 1941—45 y. lardagi urush qatnashchilariga yangi majmua barpo etilgan (2001).