JINOYAT TARKIBI

JINOYAT TARKIBI — jinoyat huquqiyaa qonunda koʻzda tutilgan, qilmishni jinoyatning muayyan bir turi sifatida xarakterlovchi alomatlar yigʻindisi; jinoiy javobgarlikning zaruriy asosi, ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash vositasi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 16-moddasida koʻrsatilganidek, qilmishda JKda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud boʻlsagina, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos topiladi. Har qanday tayin Jinoyat tarkibi obyektiv va subyektiv alomatlar yigʻindisidan iborat. Jinoyatning nimaga qarshi qaratilgani — jinoyat obyekti, uning oʻzi sodir etilishi — obyektiv tomoni, shaxsning qanday harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilayotgan jinoiy harakatga psixik munosabati, yaʼni jinoyatning qactdan yoki ehtiyotsizlik bilan qilinishi — subyektiv tomoni, jinoyat kim va qanday shaxc tomonidan qilinganligi — jinoyat subyekti hisoblanadi. Ana shu alomatlar aniq boʻlmasa, Jinoyat tarkibi ham toʻla boʻlmaydi. Jinoyatni sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga toʻlgan va aqli raso shaxc jinoyat subyektidir. Maye, oʻgʻirlik va talonchilik qilish paytida 14 yoshga, ehtiyotsizlikdan odam oʻldirish va firibgarlik sodir etgan paytda 16 yoshga, pora olgan paytda 18 yoshga toʻlgan shaxslar javobgar boʻla oladi.