JAHON ADABIYOTI

«JAHON ADABIYOTI» — adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik jurnal. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi. Toshkent sh. da har oyda 1-marta chiqadi. «Jahon adabiyoti» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-y. 27 fev. dagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Unda jahon adabiyotidagi istiqlol mafkurasiga moye vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak gʻoyalarni ulugʻlovchi, turli millatlarning serqirra qayotini teran obrazlarda aks ettiruvchi badiiy barkamol asarlar oʻzbek tilida chop qilinadi. Muharriri Ozod Sharafiddinov. Adadi 1500 ga yaqin (2002).