JANUBIY QUTB

JANUBIY QUTB — Yer aylanishining faraz qilinadigan oʻqi, Jan. yarim sharda yer yuzasi bilan kesishgan nuqta. J. q. Antarktidaning Tinch okean qirgʻogʻiga yaqin qismida 280 m balandlikda joylashgan. Bu yerda muzning qalinligi 2810 m ga yetadi. Yer yuzasidagi har qanday nuqta Janubiy qutbga nisbatan joylashgan boʻlib, har doim shim. yoʻnalishda boʻladi. Janubiy qutb atrofida iqlim juda ham sovuq, muttasil shamol va izgʻirin, boʻron boʻlib turadi. Havoning oʻrtacha t-rasi 1957—61 y. larda —48,6°, eng past t-ra —78,9° boʻlgan. Qutb kuni qariyb 179 sutka davom etadi (23 sent. dan 20—21-martgacha). (yana q. Geografik qupgblar). R. Amundsen boshchiligidagi norveg ekspeditsiyasi 1911-y. 14 dek. da birinchi boʻlib Janubiy qutbga yetib borgan.