JANUBIY ShETLEND OROLLARI

JANUBIY ShETLEND OROLLARI — Atlantika okeanining jan. dagi vulqon orollari. Jan. Amerikaning jan. da, Dreyk boʻgʻozida. 11 ta yirik va bir qancha mayda orol hamda qoyalardan iborat. Mayd. 4300 km2. Yer yuzasi togʻlik, bal. 2300 m gacha, koʻp qismi qor va muz b-n qoplangan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi G, iyulniki —10°. Mox va lishayniklar oʻsadi. Ross tyuleni, dengiz mushugi, dengiz fili bor. Doimiy aholisi yoʻq. Argentina, Buyuk Britaniya, Chili davlatlariga qarashli ilmiy st-yalar joylashgan. Orol 1819-y. da ingliz dengizchi sayyohi U. Smit tomonidan kashf qilingan.