JANUBIY UCHBURCHAK

JANUBIY UCHBURCHAK (lot. Triangulum Australe) — osmonning Jan. yarim sharidagi kichik yulduzlar turkumi. Belgisi TgA. Burchak chizigʻi, Sirkul, Jannat Qushi va Qurbongoh yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Eng yorugʻ yulduzlari 2—3 kattalikda. Oʻzbekiston xududida koʻrinmaydi.