JANUBIY URAL

JANUBIY URAL — Ural togʻlarining Ufa daryosi bilan Ural daryosi oraligʻidagi qismi. Uz. 550 km. Bal. 1640 m gacha (Yomontov togʻi). Eni 250 km gacha. Keng va baland qismi kvarsit, gneys, kristalli slaneslardan tuzilgan. Sharqiy yon bagʻirlarida togʻ dashti oʻsimliklari, undan yuqorida ignabargli oʻrmonlar oʻsadi (yana q. Ural).