JANUBIY TINCH OKEAN QIRI

JANUBIY TINCH OKEAN QIRI — Tinch okeanning jan. qismidagi suv osti tizmasi. Avstraliya-Antarktida suv osti tizmasining sharqiy davomi. Shim.-sharqqa tomon 4100 km masofaga choʻzilgan, eni 500—1000 km. Ustini qumoq jinslar, organik qoldiqlar qoplagan. Tizmaning ustida okean chuq. 878 m dan 2500—3000 m gacha. Boshka suv osti tizmalaridan enining kengligi va rift zonasining yaqqol aks etmasligi bilan farq qiladi.