JANUBIY SANDVICH OROLLARI

JANUBIY SANDVICH OROLLARI — Atlantika okeanining jan. qismidagi vulkan orollari, Antarktikada. 8 ta yirik va bir necha mayda orol va qoyalardan iborat. Mayd. 300 km2. Yer yuzasi togʻlik (bal. 1372 m gacha), vulkan jinslaridan tuzilgan (bazalt, tuf va b.), qor va muz bilan koplangan. Soʻnmagan vulkanlar bor. Har xil qush, tyulen koʻp. Qirgʻoq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi. Doimiy aholisi yoʻq. 1775-y. ingliz dengizchi sayyohi Janubiy sandvich orollari Kuk ekspeditsiyasi kashf qilgan.