JANNAT PASHSHAXOʻRLARI

JANNAT PASHSHAXOʻRLARI, jannat chivinxoʻrlari (Terpsiphone) — pashshaxoʻr (chivinxoʻr)lar oilasi urugʻiga mansub qush. Narisining boshida kokili boʻladi, dumidagi patlaridan bir jufti juda uzun. 10 ga yaqin turi bor, tropik Afrika, Avstraliya, Jannat pashshaxoʻrlari Sharqiy Osiyoda uchraydi. Oʻzbekistonda dumparast (T. paradisi) togʻli oʻrmonlarda yashaydi.