JANKENT

JANKENT — qad. shahar xarobasi (mil. 1-a. — 16-a. boshi). Orol dengizining shim.-sharqiy qirgʻogʻida, hoz. Kazalinsk sh. yaqinida joylashgan. 9—13-a. manbalarida Yangikent nomi bilan mashhur boʻlgan. 10-a. manbalarida aytilishicha, Jankent oʻgʻuzlar mamlakatining asosiy shaxri hisoblangan. Jankent moʻtullar istilosi (13a.)ga qadar Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholining siyosiy qarorgohi, savdo va xunarmandchilik markazi boʻlgan. Volga boʻyi, Kiyev va Novgorod bilan aloqa qilib turgan. 16-a. boshlarida, shayboniylar davrida Jankent xaroba holga kelgan.