JANDARMERIYA

JANDARMERIYA (frans. gendarmerie) — harbiy tashkilotga ega boʻlib mamlakat ichkarisida va armiyada (dala Jandarmeriya) soqchilik vazifalarini bajargan politsiya. Dastlab 1791-y. Fransiyada vujudga kelgan. 1815-y. da rus armiyasida jandarm qismlari tuzilgan. 1827—1917-y. larda Rossiyada siyosiy politsiya vazifasini bajaruvchi Alohida jandarm korpusi mavjud boʻlgan.