JAND

JAND — Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan oʻrta asr shahri. Xorazmshohlar davlatining sharqiy istehkomi hisoblangan. Bu yerlarni Saljuq bosib olmasdan oldin ham, Sirdaryo etagi qipchoqlar qoʻlida mustaqil oʻlka (mulk) boʻlgan. 12-a. oʻrtasiga kelib, Jand bilan Forob oraligʻi butunlay Xorazmshohlar (Takash) qoʻliga oʻtgan. Xorazmshohlar Janddan turib qipchoqlar yeriga harbiy yurishlar qilgan. Oʻsha davrda Orol dengizi ham Jand koʻli deb atalgan. 1220-y. J. ni Joʻjixon egallagan. S. P. Tolstoye tadqiqotlari J. Qozogʻistonning Qiziloʻrda sh. yaqinidagi Janqalʼa xarobalari oʻrnida boʻlganligini koʻrsatadi.