JANG

JANG — harbiy boʻlinmalar, qismlar (kemalar), qoʻshilmalarning uyushgan toʻqnashuvi, yerda (umumqoʻshin Jangi) havoda (havo J. i) va dengizda (dengiz J. i) olib boriladi. Janglar mudofaa J. i, hujumkorlik Jangi, muqobil Jang kabi turlarga boʻlinadi. 2-jahon urushida oʻzaro bogʻliq bir necha yirik strategik operatsiyalar Jang deb atalgan (maye, Stalingrad J. i, Kursk J. i). Janglar jang boʻlayotgan paytdagi muhim voqea-hodisa yoki joy, daryo va b. nomlar bilan bogʻlanib tarixga kiradi (maye, Jangi loy, Anqara jangi).