JANATAYEVA

JANATAYEVA Jumagul (1953.12.3, Kegayli tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Chimboy ped. bilim yurtini (1974), Nukus un-tini (1983) tugatgan. 1974-y. dan Qoraoʻzak tumanidagi 7-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 1976-y. dan 10-maktabda qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Maktabda namunali qoraqalpoq tili va adabiyoti xonasini tashkil etib, uni zamonaviy koʻrgazmali qurollar va b. texnik vositalar bilan jihozladi.